Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 23-октябрь 2026, 22:18
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda “Tig‘ va davomat” mavzusida profilaktik-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi

Tadbirda Yunusobod tumani IIO FMB HPB VEMB katta inspektor-psixologi, mayor Pirmatova Marhamat Mahmudjanovna, maktab psixologi hamda MMIBDO‘ ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilarga tig‘li buyumlarni olib yurishning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda maktabga muntazam va o‘z vaqtida kelish — davomatga rioya qilish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilar o‘rtasida xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ijobiy xulq-atvorni shakllantirish.