Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-август 2026, 20:30
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumani 265-maktab bitiruvchilari Green University'ning “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etdilar

Toshkent shahar Yunusobod tumani 265-maktab bitiruvchilari Green University'ning “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etdilar
265-maktabning bitiruvchi o‘quvchilari Green University tomonidan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida faol qatnashdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar universitetning zamonaviy ta’lim dasturlari, qabul jarayonlari, grant imkoniyatlari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, xalqaro darajadagi professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan muloqot qilish, universitet kampusi bo‘ylab ekskursiyada qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bunday uchrashuvlar bitiruvchilarning kelajak kasbini tanlashida, oliy ta’lim muassasalari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kelajakka dadil qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarimizga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!