Uchrashuv davomida oʻquvchilarga zamonaviy ta’lim imkoniyatlari, tibbiyot va xalqaro yoʻnalishlarda tahsil olish, xorijiy universitetlarda oʻqish tartiblari hamda kelajak kasblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, universitetdagi fakultetlar, ilmiy muhit va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham qiziqarli taqdimot o‘tkazildi.
Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, oliy ta’lim sari dadil qadam tashlash uchun muhim tavsiyalar oldilar.
Ilm va muvaffaqiyat sari intilgan yoshlar uchun bunday uchrashuvlar katta motivatsiya va tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.