
Adliya vazirligi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma qarorga asosan bu yil ilk marotaba umumtaʼlim maktablarining huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilmoqda.
✅Tanlovning Toshkent shahar bosqichi ham yuqori ruhda tashkil etilib, saralash bosqichlaridan oʻtgan 36 nafar ishtirokchilar oʻrtasida 2 turda bahslar olib borildi.
✍️ Tanlov natijalariga koʻra:
🥇 oʻrinni Sergeli tumani 6-maktab oʻqituvchisi Gulnora Mambetova;
🥈-o‘rinni Yakkasaroy tumani 91-maktab oʻqituvchisi Malika Shermatova;
🥉-o‘rinni Yunusobod tumani 265-maktab oʻqituvchisi Otabek Orziyev egalladilar.
✅Tanlov natijasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.