Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-май 2025, 22:53
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi

Toshkent shahar Yunusobod tumani 265-maktab kutubxonasida maktabimiz rahbari G.J.Xalmenova va ma'naviy va marifiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinbosari Y .Akbarova, kutubxona mudirasi M.O.Mirzayeva hamda boshlang'ich sinf metod birlashma rahbari X. Ilhomjonova boshchiligida boshlang'ich sinf o'quvchi va o'qituvchilari ishtirokida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda "Ma'naviyat va ma'rifat" gazetasidan muxbirlar hamda Yunusobod tumani Axborot kutubxona markazidan Z. Zaynutdinova va N.Mahammadiyeva tashrif buyurdilar. Tadbirda o'quvchilar ona tilimizga oid bo'lgan sahna ko'rinishlari, she'rlar bilan ishtirok etdilar. Tadbir so'nggida mehmonlar o'quvchilarni tilga bo'lgan e'tiborini yuqori baholadilar.