Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 4-июнь 2025, 13:34
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Yunusobod tumanining 265-sonli umumta’lim maktabida "Uchqahramon" mahallasi aholisi o‘rasida "JAHOLATGA QARShI MA’RIFAT" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda, diniy qo‘mita mas’ullari, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, yuksalish natijalarimizni ko‘ra olmaydigan, ma’naviy qadriyatlarimizni qadrsizlantirishga qaratilgan g‘oyaviy tahdidlar hamon  davom etayotganligi aytib o‘tdi. 
Ma’ruzalarda, bugun qonli urushlar, harbiy yurishlar, iqtisodiy iskanjaga olishlar o‘rniga mafkuraviy vositalar va ma’naviy “qurol”lar vositasida odamlarning tafakkuri, ongi va dunyoqarashini egallashga urinishlar tobora ko‘zga tashlanayotganligi ta’kidlandi.
Qayd etilganidek,bugun faqat fikrga qarshi fikr,g‘oyaga qarshi g‘oya,jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishni zamon taqozo qilayapti.
Qizg‘in suhbatdan so‘ng  aholi ma’ruzachilarga  minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o‘tkazish foydadan holi bo‘lmasligini ta’kidladi.