Joriy yilning 16 fevral kuni "Jaholatga qarshi ma`rifat" mavzusida 9, 10 va 11 - sinf o`quvchilari bilan Kulol Qo`rg`on jome masjidi imom noibi Do`smetov Irisali davra suhbati o`tkazdi. Suhbat davomida imom o`quvchilarga ota-onaga bo`lgan hurmat, ustozni ulug`lash, berayotgan ta`limni oqlash kerakligi va bundan tashqari xadislardan namunalar keltirdi. Davra suhbatida MMIBDUlari D.Baltabayeva, K.Yadgarova, Yu.Akbarova va tarix fani o`qituvchisi O.Orziyevlar qatnashdilar. O`quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.