Maktabimizda yuqori sinf o`quvchilari tomonidan Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagishlab "Ikki buyuk siymo" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Davlat arbobi, mutafakkir, shoir haqida ma’lumotlar berildi. O`qituvchilar tomonidan chelenj tashkil qilindi, o`quvchilar g‘azallar, ruboiylar, hikmatli so‘zlar hamda sahna ko`rinishi namoyish qildilar.
