Yunusobod tumani 265-sonli maktabida 28 yanvar kuni 5 B - sinfi adabiyot darsida O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasidan "Alla", "Iltijo", "Gilam paypoq", "Qarz" hikoyalari matnini o‘rganish va tahlil qilish mavzusi o‘tildi. Mavzu "SAHNADA- BIZ" metodida olib borildi. Bunda sinf o'quvchilari uch guruhga bo‘lindilar va qissadan bir hikoyani sahnalashtirib, qissadan hissa chiqarish ko‘nikmalarini namoyish qildilar. O'quvchilarning ilk chiqishlari, albatta hayajon bor. Ammo adibning hikoyalari mazmun- mohiyati ularning xotirasida abadiy saqlanib qoladi.