Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-май 2025, 21:49
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Alifbe fanidan "Aa harfi A tovushi" mavzusida ochiq dars o'tkazildi

Bugun 1-"V" sinfida Alifbe fanidan ,,Aa harfi A tovushi" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Dars juda samarali va sifatli olib borildi. Dars davomida o'qituvchi har bir bola bilan alohida-alohida ish olib bordi. O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar bilan shu mavzuga doir sahna ko'rinishlari ko'rsatib berildi. Dars so'ngida o'quvchilarning olgan bilimlarini tekshirish uchun o'qituvchi  tomonidan qiziqarli shartlar, boshqotirmalar berildi. Ochiq darsni maktabning 2 nafar oliy toifali pedagog xodimlari kuzatib borishdi.