2022-yilning 8-sentyabr kuni voyaga yetmaganlar masalalari bo’yicha inspektor psixolog Raxmataliyev Shaxboz va Rahimov Madiyor ishtirokida “Payshanba-Profilaktika kuni” mavzusida 8-11-sinf o‘quvchilari o'rtasida “Tig’ va Davomad” tadbiri o’tkazildi. Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan faoliyatni kuchaytirish maqsadida uyushtirilgan mazkur yeg'ilishda so’z olganlar ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish, nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularni markazga qabul qilish, saqlash va bolalar bilan yakka tartibda profilaktik ishlarni o’tkazishga oid yangi tartiblar haqida ma’lumot berildi. Bolalarning qarovsizlik omillarini o’rganish, ijtiomiy-huquqiy holatiga baho berish, tibbiy tekshiruvdan o’tkazish, ularni tegishli muassasalarga joylashtirishga oid me’yor va tartiblar haqida ham atroflicha to’xtalib o’tildi. Shuningdek, tarbiyasi og’ir bolalar, ularning ota-onalari bilan ishlash, voyaga yetmaganlarning ruhiyatidagi buzilishlarni aniqlash, salbiy o’zgarishlarning sabab va omillarini bartaraf etish, har bir bola bilan alohida ishlash, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Yakunda bu kabi o’quvlarni muntazam o’tkazishga kelishib olindi.
