Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-май 2025, 21:49
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati

Kuni kecha IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli Toshkent shahrida joylashgan 7534-sonli harbiy qismda poytaxtimizning Yashnobod tumani Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Unda mazkur tumandagi 257-sonli hamda Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari ishtirok etdi. Ular harbiy qismda tinchlik posbonlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Xuddi shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan qurol-aslahalar ko‘rgazmasi ham o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. 
Tadbir yakunida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan ona Vatanni madh etuvchi dilrabo kuy-qo‘shiqlar va kinolog xodimlarning ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.