2022-yilning 5-sentyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 265-maktabda "Birinchi qo'ng'iroq" va “Bilimlar kuni” tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir boshida maktab rahbari so'zga chiqib, yig‘ilganlarni yangi o'quv yilining boshlanishi bilan qutladi. Tadbirda shu maktabda tahsil olgan maktab o'quvchilari, o‘qituvchilar, mahalla faollari, Xalq ta'limi xodimlari ishtirok etib, o'quvchilarni “Bilimlar kuni” bilan tabriklab, ezgu tilaklarini bildirishdi. Mustaqil diyorimizning 31-yilligiga yangi o‘quv yili "Yangi O‘zbekistonda el aziz,inson aziz!" shiori ostida “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlar tomonidan qo‘lga kiritilgan katta g‘alabalar hamda milliy tarixning yorqin lavhalari haqida so‘z yuritildi. Umumta’lim muassasasiga ilk marotaba qadam qo‘ygan bolajonlarga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari sinf rahbarlari tomonidan topshirildi.

Biz barcha o'quvchilarga o'quv yilida o'qishlarida omad tilab yuqori natijalarga erishishlariga tilakdoshmiz!