IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda yurtimiz yoshlarining mazkur sohaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Vatanparvarlik oromgohi” tashkil etildi.U yerga tashrif buyurgan Yunusobod tumanidagi 265-sonli maktabning bir guruh o‘quvchilari harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, turli sport o‘yinlari hamda harbiy qismda osoyishtaligimiz posbonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.Ona vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida o‘tgan ushbu tadbir so‘nggida esa, kelajagimiz egalariga harbiy qismning esdalik sovg‘alari ham topshirildi.