Hozirda maktabda tashkil etilgan “Baxtli bolalik” sog‘lomlashtirish oromgohi bag‘rida minglab bolalar dam olishmoqda.Aslida oromgohlar dam olish maskanlari vazifasini o‘tasa ham, u yerda o‘tkaziladigan va olib boriladigan har bir ish bola dunyoqarashini boyitish, ijodiy qobiliyatini shakllantirish,uning har tomonlama ma’naviy kamol topishiga yordam beruvchi asosiy tarbiya bo‘lib xizmat qiladi.Shu sababdan, maktab o‘qituvchilari tomonidan quvnoqlar va zukkolar musobaqalari, sport o‘yinlari, sayohatlar, tasviriy san’at, xalq hunarmandchiligi to‘garaklari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.