
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari hamda mutaxassislardan iborat ishchi guruh tomonidan uchrashuv tashkil etildi.
Suhbat davomida maktab hududi va uning atrofida xavfsiz muhitni yaratish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirish hamda kibergigiyena qoidalariga rioya qilish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir samimiy va mazmunli muloqot ruhida o‘tdi.