Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-апрель 2026, 18:57
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda PIRLS yo‘nalishida “O‘qish savodxonligi” tanlovi


2026-yil 11–14-mart kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida PIRLS xalqaro baholash dasturi talablari asosida “O‘qish savodxonligi” tanlovi o‘tkazilmoqda.
13-mart kuni Yunusobod tumani 265-maktabda tanlov jarayonlari qizg‘in va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. O‘quvchilar matnni tushunish, tahlil qilish, xulosa chiqarish hamda o‘z fikrini erkin ifodalash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Bunday tanlovlar yosh avlodning xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarligini oshirish va ularning bilim salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.